AQSh askarlari va Kurdiston ishchilar partiyasining Suriyadagi bo‘linmasi YPG jangarilariga asoslangan “Suriya demokratik kuchlari” bo‘linmalari Suriya shimolidagi Xasaka viloyatida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Suriya Inson huquqlari observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlardan maqsad “hududda tahdidlar yuzaga kelganda” tomonlar o‘rtasida muvofiqlashtirishni yaxshilashdan iborat. Jonli otishmalar, shu jumladan artilleriya ham amalga oshirildi. Mashqlarga vertolyotlar jalb qilingan.