Kurdiston ishchilar partiyasi yetakchisi Abdulla O‘jalan kurdlarni qurollarini tashlashga chaqirishga tayyor.
Bu haqda kurdparast Tenglik va demokratiya turk xalq partiyasi (DEM) ikki deputatining 29 dekabr kuni bergan bayonotiga tayanib, Reuters xabar qilmoqda.
Abdulla O‘jalan hozirda Turkiyadagi qamoqxonada umrbod qamoq jazosini o‘tmoqda.
"Hay’at Tahrir ash-Shom” guruhi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa Al Arabiya telekanaliga bergan intervyusida Suriyadagi o‘tish davri hukumati kurdlarning “Suriya demokratik kuchlari” (SDK) bilan jang qilish niyatida emasligini va ular bilan muzokalar olib borilayotganini bidirdi. Shuningdek, ash-Sharaa Suriyadagi yangi hokimiyatning SDKni Suriya Qurolli kuchlari tarkibiga qo‘shishni maqsad qilganini aytdi.