Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kuperning birinchi g‘alabasi: O‘zbekiston Shimoliy Koreyani mag‘lubiyatga uchratdi

Kuperning birinchi g‘alabasi: O‘zbekiston Shimoliy Koreyani mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligida nihoyat birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Shimoliy Koreyaga qarshi kechgan o‘yinda Marat Bikmayevning dubli terma jamoamizga ishonchli g‘alabani tuhfa etdi. Ammo bu muhimi emas. Muhimi shuki, terma jamoamizning taktikasi o‘zgardi, Ektor Kuperning Yevropa futboli ob-havosini olib kirayotgani sekin-asta sezildi.

Aslida, vakillarimiz ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Odil Ahmedov juda qulay vaziyatni ko‘kka sovurgan bo‘lsa, Marat Bikmayevning o‘zi kamida 3 ta gol kiritishi mumkin edi.

Terma jamoamiz o‘yinida markazdan yorib kirish holati, kutilmagan qarorlar, keskin to‘p uzatishlar — hamma-hammasi Kuperning falsafasi sezilayotganidan darak. Terma jamoamizga keyingi o‘yinlarda ham omad tilab qolamiz.

O‘zbekiston - KXDR 2:0

Hakamlar: Dmitriy Mashensev, Bahodir Qo‘chqorov, Ismoil Tolibjonov (uchalasi Qirg‘iziston). Jasur Muxtorov (O‘zbekiston)

Gollar: Marat Bikmayev 37, - 1:0. Marat Bikmayev 90+1, - 2:0.

O‘zbekiston - 1.Ignatiy Nesterov - 24.Davron Hoshimov, 31.Egor Krimes, 5.Anzur Ismoilov, 29.Vladimir Kozak - 7.Azizbek Haydarov (15.Odiljon Hamrobekov, 36), 16.Otabek Shukurov - 9.Odil Ahmedov (22.Javohir Sidiqov, 70), 27.Doston Hamdamov (17.Ivan Nagayev, 67) (6.Husniddin G‘ofurov, 83), 14.Eldor Shomurodov (8.Ikrom Aliboyev, 66) - 10.Marat Bikmayev
Zaxira: 25.Roman Abdulov, 30.O‘tkir Yusupov, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Doston Tursunov, 13.Oleg Zoteev, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev,

KXDR - 1.Ri Myong Guk (18.Sin Xyok, 46), 3.Jan Kuk Chol, 5.An Song Il, 6.Ri Un Chol, 7.Kang Kuk Chol (2.An Il Bom, 30), 9.Kim Yong Il, 11.Jong Il Gvan, 19.Rim Kvang Xyok, 20.Ri Tong Il, 25.Kim Yu Song, 17.Ri Chag Xo
Zaxira: 21.Kang Ju Xyok, 2.Kim Chol Bom, 4.Kim Sog Min, 8.Xan Tag Xyok, 14.Ri Kum Chol, 15.Jo Kvang Myong, 16.Kim Kuk Bom, 23.U Il Gang, 22.Sim Xyon Jin.

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 21:11 13.10.2018. O'qildi: 1653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!