Michigan shtatidagi olimlarning fikriga ko‘ra, kuniga to‘qqiz yoki undan ortiq soat davomidagi doimiy uyqu xavfli bo‘lishi mumkin ekan. Amaliyot natijasida olingan tadqiqot natijalari Birth jurnalida chop etildi.
Xabar qilinishicha, ekspertlar homiladorlikning 28 haftasida yoki undan keyin farzandi tushgan 150 nafardan ortiq va farzandini dunyoga keltirgan 480 nafar ayol bilan amaliy tadqiqot jarayonini olib borishgan.
Aniqlanishicha, farzandlarini yo‘qotgan ayollarning 63 foizi kunni deyarli uxlab o‘tkazishgan.
Olimlarning fikriga ko‘ra, kech homiladorlik davrida kam uyqulik holati tug‘ilmagan go‘dakni himoya qilish mexanizmi sifatida ishlaydi: bunda onaning nerv sistemasi faol bo‘ladi va qon bosimi oshadi.
Bu holat homila o‘sishiga yordam beradi, vaholanki, past bosim bilan uzoq vaqt yurish bola rivojlanishga to‘sqinlik qiladi.