Islandiyalik olimlarning tadqiqotiga ko‘ra, kuniga 9 soatdan ko‘p uxlaydigan odamlarda insult xavfi 85 foizgacha oshiradi.
Olimlar olti yil davomida tadqiqot ishtirokchilarini kuzatib, ularning uyqu tartibi va kasallik tarixi haqida ma’lumot to‘pladi. Natijalar kuniga to‘qqiz soatdan ortiq uxlaydigan (ishtirokchilarning 24 foizi) yoki kunduzi 90 daqiqadan ko‘proq dam oladigan (ishtirokchilarning 8 foizi) odamlarda insult xavfi yetti-sakkiz soat uxlaydigan odamlarga nisbatan 85 foiz yuqori ekanini ko‘rsatdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, haddan tashqari ko‘p uxlash qon-tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi. Tungi uyqu davomiyligi tavsiya etilgan me’yordan oshgan ishtirokchilarda insult xavfi 23 foizga ortgan. Uzoq muddatli kunduzgi uyqu ham xavfli bo‘lib chiqdi: tadqiqotda bir yarim soatdan ortiq dam olish qon-tomir kasalliklari ehtimolini 25 foizga oshirgan.