Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kun fotosi: Yevropaliklarni dahshatga solgan xitoycha go‘zallik

Kun fotosi: Yevropaliklarni dahshatga solgan xitoycha go‘zallik

Har bir mamlakatda o‘ziga xos go‘zallik tushunchasi mavjud. Uzoq vaqt davomida Xitoyda kichik "lotus" oyoqlar ayol go‘zalligining timsoli hisoblangan. Yevropaliklar uchun bunday oyoq dahshatdan boshqa narsani anglatmagan.

Kun fotosi: Yevropaliklarni dahshatga solgan xitoycha go‘zallik

Oyoqlarni bu holatga keltirish jarayoni taxminan besh yoshda boshlangan. Onalar bolalarining oyoqlariga tor matolarni qattiq o‘rab chiqishgan. Keyingi besh yil davomida qizaloqlar ushbu matolarni olib tashlamay kechayu kunduz taqib yurishgan. Bola o‘sib ulg‘aygani sayin, oyoqlar shakli asta-sekin o‘zgargan. Shu bilan birga, qizaloqlar dahshatli jismoniy og‘riqlarga dosh berishga majbur bo‘lishgan. Ushbu “urf-odat” o‘n asr davom etganva faqat XX asrdagina yo‘q bo‘lib ketgan.

Kiritildi: 22:45 11.02.2021. O'qildi: 8759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!