Shvesiya shimolidagi Kiruna shahrida yashovchi musulmonlar Ramazon davomida 20-22 soatlab ro‘za tutadi, deb xabar bermoqda diniy idora.
Er sharining shimoliy nuqtasida joylashgan mamlakatlarda ayrim shaharlarning mahalliy musulmon aholi Ramazonning birinchi kunida ro‘za tutish vaqti 19 soat 53 daqiqa bo‘lishi aytib o‘tildi.
Ramazonning oxirgi kunida esa bu vaqt 21 soat 58 daqiqa davom etishi qayd etilgan. O‘z navbatida ko‘rinib turibdiki ushbu hudud aholisi iftorlik va saxarlik orasida 2-4 soat davomida xufton va taroveh namozlarini ado etishlari va saxarlik qilishga tayyorlanishlari kerak bo‘ladi.
Norvegiyaning Tromso shahrida bu muddatlar 19 soat 50 daqiqa va 21 soat 59 daqiqani, Islandiya poytaxti Reykyavikda 19 soat 11 daqiqani va 21 soat 48 daqiqani tashkil etadi.
“Qish o‘rtasida 9-10 soat qisqa muddatli ro‘za tutish bilan uzun muddatli ro‘za tutish o‘rtasida farq yo‘q. Alloh sabr beradi”, – deydi Shvesiya Islom federasiyasi raisi Tohir Akan.
Manba: darakchi.uz