Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Kumush va oltin yoqqan kun yoxud eng noodatiy yog‘ingarchilik

Kumush va oltin yoqqan kun yoxud eng noodatiy yog‘ingarchilik

Bu g‘alati eshitilishi mumkin, biroq hayotda bunday yog‘in-sochin haqiqatan ham sodir bo‘lgan.

1940 yilning 17 iyunida Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatidagi Meshchera qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan voqea mashhur holatlardan biridir. O‘sha kuni kuchli momaqaldiroqdan so‘ng mahalliy aholi yerdan XVI-XVII asrlarga oid kumush va oltin tangalarni topa boshladilar.

Hammasi bo‘lib 1000 ga yaqin tanga terib olindi.

"Bu qanday bo‘lishi mumkin?", degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Aniqlanishicha, kuchli bo‘ron vaqtida yer ostida joylashgan xazina saqlanadigan joy o‘pirilib ketgan. Kuchli shamol tangalarni havoga ko‘tarib yuborib, ularni Meshchera hududidagi yerga uloqtirgan. Bu, ehtimol, mahalliy aholi uchun katta va shubhasiz, yoqimli “syupriz” bo‘lgandir.

Kiritildi: 23:11 22.06.2024. O'qildi: 1818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!