Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Kumush suvi qanchalik shifobaxsh?

Kumush suvi qanchalik shifobaxsh?

Savol: – Kumush suvining shifobaxshligi haqida eshitgandim. Shu haqida ma’lumotlar bersangiz.

ADOLATXON, Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani

Mirzamir MIRZASHARIPOV,

«Shifo-info» gazetasining maxsus dorishunosi:

Kumush elementidan tibbiyotda azaldan foydalanilib kelinadi. Eramizdan 2500 yil avvaloq odamlar kumushda bakterisid xususiyat borligini aniqlashgan va uning yordamida turli yaralarni davolashgan... Chunki kumushning bakterisid xususiyati antibiotiklarga qaraganda kuchliroqdir.

Tibbiyotda kumushdan turli dori vositalari ishlab chiqarilgan. Shulardan biri — kumush nitrat, ya’ni lyapis deya yuritiladi. Bu  rangsiz, tiniq kristall yoki oq rangli, hidsiz qalamchadir. Bu qalamcha yaralarda, eroziyada tavsiya etilgan.

Ko‘pgina aviakompaniyalar kumush suvidan samarali foydalanadi. Bunday suv yordamida yo‘lovchilar turli-tuman yuqumli infeksiyalardan himoyalanadi. Suvlarni zararlantirishda ham kumushning foydasi katta. Ilgari har bir xonadonda kumush idish bo‘lgan. Bunday idishda saqlangan suv kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga qiron keltirgan.

Kumushli suvning bir qancha shifobaxsh xususiyatlari bor: 

grippning oldini oladi;

yuqori nafas yo‘llari shamollaganda;

tomoq og‘rig‘ida (angina);

stomatit;

parodontoz kabi xastaliklarda shifo bag‘ishlaydi;

kumush suvi o‘pka shamollashida em bo‘ladi;

kumush suvi teri xastaliklarida ham naf beradi;

kumush suvi «Penisillin» dorisidan 90 marotaba kuchli ta’sir qiladi;

 kumush ionlari 700 xil turli mikroblar, viruslar, zamburug‘larga qiron keltiradi.

❗️ Organizmning bir kunlik ehtiyoji uchun 88 mkg. kumush kerak bo‘ladi. Tanaga kumush oz miqdorda bodring, karam, shivit orqali kiradi.

Manba: «SHIFO-info» gazetasining rasmiy telegram kanali

Kiritildi: 20:16 18.01.2021. O'qildi: 11257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!