Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Kulgi choyxonasi...

A A A
Kulgi choyxonasi...

Er-xotin so‘z o‘yini o‘ynayapti.

Xotin:

— Ovqat yedingizmi?

Er:

— Ovqat yedingizmi?

Xotin:

— Hadeb jahlimni chiqaravermang!

Er:

— Hadeb jahlimni chiqaravermang!

Xotin:

— Meni sevasizmi?

Er:

— Uf-f!.. Ovqat yedim-edim!

* * *

Gruzin, rus va juhud ulfatchilik qilishmoqchi.

Gruzin:

— Men go‘sht olib kelaman, kabob pishiramiz.

Rus:

— Men ichkilik olib kelaman.

Juhud:

— Unda men yaqin do‘stimni taklif qilay, qiziq latifalar aytishga usta.

* * *

Vrach:

— Bemor, bu dorilarni umringizning oxirigacha ichasiz.

— Do‘xtir, dori qutisi ustiga «Uch oy ichida», deb yozilgan-ku!

— Men ham shuni nazarda tutdim.

* * *

— Og‘ayni, tish do‘xtiriga bordingmi?

— Ha.

— Xo‘sh, endi tishing og‘rimayaptimi?

— Bilmadim, tishimni do‘xtir olib qoldi.

* * *

O‘lim bilan olishayotgan keksa xasis so‘radi:

— Xotinim yonimdami?

— Ha, otasi, men shu yerdaman!

— Bolalar ham yonimdami?

— Ha, dada, biz shu yerdamiz!

— Nevaralar-chi?

— Ular ham tepangizda yig‘lab o‘tirishibdi.

— Unda nega oshxona chirog‘i haliyam yonib turibdi?

* * *

Er xotinidan so‘radi:

— Kechasi rosa momoqaldiroq gumburladi. Eshitdingmi?

— Voy, nega uyg‘otmadingiz? Axir, mening momoqaldiroq paytida uxlay olmasligimni bilardingiz-ku!

* * *

— Bugun xotinim kurortdan qo‘ng‘iroq qildi. Uch kiloga ozganmish.

— Zo‘r-ku!

— Nimasi zo‘r? Uning vazni qanchaligini bilmaysan-da! Uch kiloga ozgani «Mersedes»ga uch foiz chegirma belgilab sotgan bilan barobar.

* * *

Yigit notanish qizdan so‘radi:

— Yaxshi qiz, bugun kechqurun bo‘shmisiz?

— Ha, hozir yugurib teri-tanosil xastaligi vrachiga ko‘rinib chiqay, keyin bo‘shman.

* * *

Yigit qizga dedi:

— Men sizni telbalarcha sevaman!

— Qaysarginam-ey, kecha aytdim-ku! Yo‘q, yo‘q va yana yo‘q!

— IYE, o‘sha sizmidingiz?

* * *

Keksa bo‘ydoqdan do‘stlari so‘rashdi:

— Sen faqat janozaga borasan. Nega to‘ylarga bormaysan?

— Chunki janozada «Seniki qachon?» deb so‘rab xit qilishmaydi.

Kiritildi: 18:38 03.06.2018. O'qildi: 2793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik