Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Ko‘k choyning foydasi

A A A
Ko‘k choyning foydasi

Ko‘k choy tarkibidagi yuzdan ortiq foydali elementlari bilan shifokorlar tomonidan davolovchi vosita sifatida atvsiya etiladi. Kun davomida ichilgan 1-2 piyola ko‘k choy yurak faoliyati bilan bog‘liq xastaliklarning oldini oladi.

Ko‘k choy tarkibida antioksidantlar miqdori yuqori bo‘lgani bois immunitetni mustahakamlaydi. Bu choy saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi to‘qimalardan organizmni himoya qiladi. Ko‘k choyli ichimlik yordamida ortiqcha vazndan xalos bo‘lish juda oson. Sababi u organizmdagi moddalar almashinuvini a’lo darajada yo‘lga qo‘yadi. Ko‘k choyda vitaminlar miqdori qora choyga nisbatan o‘n baravar ko‘proq. Ayniqsa V guruhi vitaminlarining faolligi juda yuqori.

Muntazam ko‘k choy iste’mol qilish sellyulit yuzaga kelishining oldini oladi. Ko‘k choydan ko‘z salomatligida ham foydalaniladi. Undan tayyorlangan kompresslar ko‘zdagi toliqishni bartaraf etib, tabiiy go‘zallik va salomatlik taqdim etadi.

Kiritildi: 05:32 23.05.2021. O'qildi: 8687 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!