Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kuchaytirilgan karantin! Ertadan Qozog‘istonda nimalar taqiqlanadi?

Kuchaytirilgan karantin! Ertadan Qozog‘istonda nimalar taqiqlanadi?

Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotgani sababli 5 iyuldan 14 kunlik karantin cheklov choralari joriy etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi mazkur davlatning rasmiy axborot manbalariga tayanib xabar bermoqda.  

Ikki hafta davomida ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlanadi va odamlarning harakatlanishi cheklanadi. Xususan, uch nafardan ortiq odam birgalikda ko‘cha va xiyobonlarda yurishi mumkin emas, yoshi 65dan oshganlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlanadi.

— Go‘zallik salonlari, yopiq bozorlar, diniy muassasalar, maktabgacha ta’lim muassasalari, savdo markazlari va boshqa qator ob’ektlar faoliyati to‘xtatiladi.

— Davlat organlari, idoralar, kompaniya va tashkilotlarda ijtimoiy masofa saqlanishi talab qilinadi.

— Tibbiyot markazlari, dorixonalar, oziq-ovqat do‘konlari va ochiq bozorlar ishlashda davom etadi.

Kiritildi: 16:08 04.07.2020. O'qildi: 3285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!