Fransiya poytaxti mezbonlik qilayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatidan xushxabarlar kelishi davom etmoqda.
Ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Kubaro Hakimova 9 metr 83 sm natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Quvonarlisi, yosh iqtidorli para atletimiz ham ushbu natijasi orqali Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga lisenziyani naqd qilib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Asila Mirzayorova uzunlikka sakrash bellashuvlarida oltin medalni qo‘lga kiritib, Paralimpiya o‘yinlariga lisenziya sohibiga aylangan edi.