Kubadagi kuchli zilzilalar yer siljishiga, turar-joy binolari va elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazdi.
Bu haqda mamlakat prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.
"Milliy Mudofaa Kengashidan biz Santyago-de-Kuba va Granma, yaqinda sodir bo‘lgan zilzilalardan zarar ko‘rgan viloyatlar, uylar va elektr uzatish liniyalari shikastlangan birinchi kotiblari bilan bog‘landik" - deb yozadi u.
Kuba prezidenti shuningdek, jabrlangan Santyago-de-Kuba va Granma provinsiyalari aholisini ochiq joylarda qolishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Kuba qirg‘oqlarida 5,9 va 6,8 magnitudali ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgan.