Kubada jiddiy yoqilg‘i tanqisligi kuzatilmoqda va ta’minot to‘liq to‘xtasa, orol infratuzilmasi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb yozadi The Guardian.
Kpler tahlillariga ko‘ra, joriy yilda Kubaga faqat Meksikadan 84,9 ming barrel neft yetkazib berilgan. Agar yaqin haftalarda yangi tankerlar kelmasa, mamlakatda yoqilg‘i zaxiralari uch hafta ichida tugashi mumkin.
Mutaxassislar dizel yoqilg‘isi yetishmovchiligi transport, qishloq xo‘jaligi, sanoat va suv ta’minotiga jiddiy zarba berishini ta’kidlamoqda.