Bu haqda Kuba Energetika vazirligi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Milliy elektr ta’minoti tizimi to‘liq uzildi. Uni qayta tiklash ishlari amalga oshirilmoqda", deyiladi vazirlik xabarida.
Ushbu blekaut AQSh tomonidan Kubaga nisbatan o‘rnatilgan neft blokadasi fonida sodir bo‘ldi. So‘nggi oylarda mamlakatda yoqilg‘i yetkazib berishdagi uzilishlar va elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar muntazam ravishda kuzatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 mart kuni Kuba Energetika vazirligi butun butun mamlakat elektrdan uzilganini, oqibatda 10 millionga yaqin aholi zulmatda qolganini xabar qilgan edi. Elektr ta’minotini to‘liq tiklashga 18 martga kelibgina erishilgandi.