Tramp Kuba endi Venesueladan neft va mablag‘ olmasligini aytdi va Gavanani "hali kech bo‘lmasidan Vashington bilan kelishuv tuzishga" chaqirdi
"Neft va pul endi kelmaydi! Men ularga kech bo‘lmasidan oldin bitim tuzishni maslahat beraman," deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Gavana ko‘p yillar davomida aynan shu resurslar hisobiga "yashagan", buning evaziga esa Venesuelaning oxirgi ikki diktatoriga xavfsizlik xizmatlarini ko‘rsatgan.
"Venesuela bundan keyin uni shuncha yil garovda ushlab turgan bosqinchilar va tovlamachilarning himoyasiga muhtoj emas" — deya qo‘shimcha qildi prezident.