Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi 41 yoshli markaziy hujumchisi Krishtianu Ronalduning transfer qiymati pasaydi. Bu haqda Transfermarkt portali sahifalarida xabar berilgan.
Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, portugaliyalik yulduzli to‘purarning transfer narxi 12 million yevrodan 10 million yevroga tushirildi. Ta’kidlash joizki, Krishtianu faoliyatining boshida, ya’ni olis 2003 yilda aynan 10 million yevroga baholangan edi.
Ronaldu 2025/2026 yilgi mavsumda «An-Nasr» tarkibida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 30 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Krishtianu jamoasi bilan birga Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi. Shuningdek, hujumchi Portugaliya terma jamoasining JCH-2026 (Jahon chempionati) uchun qaydnomasiga ham kiritildi.