Moskva Rossiya, AQSh va Ukraina ekspertlar guruhining Abu-Dabidagi ishi shu hafta davom etishini kutmoqda.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu haqda ma’lum qildi.
"Biz ekspertlar darajasidagi ishlar davom etishini kutamiz", dedi u. "Va bu shu hafta, bir hafta ichida sodir bo‘ladi", deb ta’kidladi u.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham uch tomonlama muzokaralar shu hafta davom etishini tasdiqlagan edi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Rossiya, AQSh va Ukrainaning xavfsizlik masalalari bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi 23-24 yanvar kunlari Abu-Dabida bo‘lib o‘tdi.