«Evropaning "urushparvar partiyasi" tinchimaydi. Yevropaliklar Ukrainani tinch yo‘l bilan hal qilish sa’y-harakatlariga to‘siq bo‘lmoqda. Ular kiyev rejimini mantiqiy bo‘lmagan murosasiz yo‘lni davom ettirishga rag‘batlantirmoqda», — dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina tomonidan nizoni hal qilishga haqiqiy urinishlarni ko‘rmayapti.
«Rossiya bu orada o‘z pozisiyasini saqlab qolmoqda. Biz muammoni siyosiy-diplomatik vositalar bilan hal qilishga tayyormiz, lekin Kiyev tomonidan hozircha bu borada o‘zaro yondashuvni ko‘rmayapmiz, shu bois maxsus harbiy amaliyotni davom ettiramiz», — dedi Peskov.
Shu bilan birga, u Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida Alyaskada bo‘lib o‘tgan uchrashuvni “kerakli, o‘z vaqtidagi va konstruktiv” deb baholadi.