Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Krasnodardagi ko‘p qavatli avtoturargohning 3-qavatidan BMW pastga quladi

Krasnodardagi ko‘p qavatli avtoturargohning 3-qavatidan BMW pastga quladi

Mazkur avariyada uch kishi halok bo‘ldi.

Hodisa natijasida BMW rusumli avtomashina Volodya Golovatogo ko‘chasidagi savdo markazining ko‘p qavatli to‘xtash joyining uchinchi qavatidan Rashpilyevskaya ko‘chasida yo‘l qismiga qulab tushdi.

Rossiya janubida kuzatilgan hodisada haydovchi gaz va tormoz pedalini adashtirib yuborgani taxmin qilinmoqda.

Mashina ichida bo‘lgan 37 yoshli haydovchi, xotini va ularning 12 yoshli farzandi vafot etgan.

Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha matbuot xizmati xabar berdi.

Kiritildi: 23:50 25.06.2024. O'qildi: 1126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!