Bu haqda Krasnodar gubernatori Veniamin Kondratev ma’lum qildi.
"Afsuski, Anapa va Temryuk mintaqasi qirg‘oqlariga neft mahsulotlarining to‘kilishi davom etyapti va to‘xtamayapti. Dastlab olimlar va mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, mazutning asosiy qismi Qora dengiz tubida qolishi kerak edi, bu uni suvda to‘plashga imkon berardi, ammo ob-havo tufayli havo isib, neft mahsulotlari yuqoriga ko‘tarilyapti. Natijada ular bizning plyajlarimizga chiqib kelyapti", — dedi gubernator.
Ko‘ngillilar mustaqil ravishda plyajlardan mazutni qoplarga yig‘ib, olib ketishyapti, shuningdek, jabrlangan hayvonlarga yordam berishyapti.
Ekologik halokat 15 dekabr kuni Rossiyaning “Volgoneft 212” va “Volgoneft 239” nomli ikkita neft tankeri Qora dengizda cho‘kib ketgani tufayli yuzaga keldi.