Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Kranchi jaziramada vafot etdi

Kranchi jaziramada vafot etdi

Moskvada 32-qavat balandligida ishlayotgan kranchi jaziramada vafot etdi.

Moskvaning Danilov tumani High Life turarjoy majmuasi qurilishida baxtsiz hodisa yuz berdi. Qurilish krani kabinasida kranchi hushidan ketgan — kran to‘xtab qolgani sababini bilish uchun tepaga ko‘tarilgan hamkasbi uni shu alfozda uchratgan.

Kuchli shamol tufayli qutqaruvchilar kran kabinasiga chiqish uchun vaqt yo‘qotishdi. FVV xodimlari 32-qavat balandligiga ko‘tarilishganida, kranchining joni uzilgan edi, deya xabar berdi REN-TV.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, kuchli issiq tufayli kranchining yuragi to‘xtab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Rossiyaning bir qator hududlarida anomal jazirama hukm surmoqda.

Kiritildi: 15:40 03.07.2024. O'qildi: 1130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!