Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Koronavirusni yenggan davlat yana qat’iy karantin rejimiga qaytdi

Koronavirusni yenggan davlat  yana qat’iy karantin rejimiga qaytdi

Chernogoriya hukumati ilgari bekor qilingan koronavirus tarqalishiga qarshi karantin cheklovlarini qayta tikladi. Bu haqda 26 iyun kuni Reuters xabar berdi.

Karantin cheklovlari doirasida sport mashg‘ulotlari va musobaqalar, shuningdek, ochiq havoda jamoat yig‘inlarini o‘tkazish yana taqiqlandi. Dafn marosimida qabristonda faqat marhumning oila a’zolari bo‘lishiga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, mamlakat shimolidagi ikki munisipalitetda soat 18:00 dan 05:00 gacha kommendantlik soati joriy etilgan.

Chernogoriya iqtisodiyoti o‘z daromadining katta qismini Adriatik dengizi sohilidagi turizmdan oladi. Shu sababli mamlakat 25 may kuni o‘zini koronavirusdan xoli deb e’lon qildi.

Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 10 kun avval oshishni boshlagan. Shundan buyon hukumat kasallikka chalinish bo‘yicha 100 ta yangi holatni e’lon qildi. Avvalroq kasallanganlar soni 424 kishini tashkil qilgan.

Ta’kidlash joizki, 24 iyun kuni Chernogoriyaning turli shaharlarda Budva ma’muriyati rahbarlarining hibsga olinishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, tartibsizliklar va polisiya bilan to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Chernogoriyada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat 17 mart kuni aniqlangandi. May oyi oxirlarida Chernogoriya koronavirusni yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylangan, mamlakatda koronavirusga chalingan barcha bemorlar to‘liq sog‘aygandi.

Kiritildi: 09:05 28.06.2020. O'qildi: 4621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!