Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusga qarshi: O‘zbekistonda koreyalik mutaxassis ish boshladi

Koronavirusga qarshi: O‘zbekistonda koreyalik mutaxassis ish boshladi

Butun dunyodagi epidemiologik vaziyatni inobatga olib, yurtimizda koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida karantin choralarini yanada kuchaytirish, aholi orasida ushbu virusga qarshi profilaktikani samarali olib borish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bugungi epidemiologik vaziyatni to‘g‘ri baholash, aholiga samarali tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, kasallik profilaktikasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishni yanada takomillashtirish, bemorlarga xizmat ko‘rsatish tizimini xalqaro normalar asosida tashkil etishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda, dunyoda kechayotgan pandemiya xuruj qilayotgan ayni paytda yurtimiz Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun va ertaga qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan maslahat olish, hamkorlikda ishni tashkil qilish hamda dunyo va Koreya Respublikasi tajribasi bilan mamlakatimizda qo‘llanilayotgan koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha bugungi metodologiyani uyg‘unlashtirish maqsadida xalqaro mutaxassis, Koreya Respublikasining Koryo universiteti professori Soy Chje Uk xalqaro ekspert sifatida mamlakatimizga taklif etildi.

Koryo universiteti professori, Koreya tibbiyot assosiasiyasi ilmiy-tekshirish qo‘mitasi raisi, ushbu assosiasiyaning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtabi yetakchi maslahatchisi Soy Chje Uk bugundan boshlab yurtimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu xalqaro ekspert bilan hamkorlikda, shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni samarali davolash va ularning xastalikdan tezroq forig‘ bo‘lishlari uchun yuqori tibbiy texnologiyalardan unumli foydalanishni yanada kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 17:35 30.03.2020. O'qildi: 2652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!