Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Koronavirusga chalinganlar haqida noto‘g‘ri xabar tarqatgan ayol jazolandi

A A A
Koronavirusga chalinganlar haqida noto‘g‘ri xabar tarqatgan ayol jazolandi

Sud Lipesk shahrida yashovchi fuqaro koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun 15 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi, deya xabar beradi viloyat ma’muriyati chorshanba kuni.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, 13 mart kuni ijtimoiy tarmoqda 29 yoshli ayol viloyat hokimiyati koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarning haqiqiy sonini yashirgani haqida ataylab noaniq ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar tarqatgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, hukumat koronavirusga chalinganlarning aniq sonini oshkor qilmagan.

"Sud bu ayolga 15 ming rubl miqdorida ma’muriy jarima ko‘rinishida jazo tayinlashga qaror qildi", deb xabar beradi viloyat hokimligi.

Kiritildi: 02:12 26.03.2020. O'qildi: 3207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!