Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusga chalinganda isitma ko‘tarilmasligi ham mumkinmi?

Koronavirusga chalinganda isitma ko‘tarilmasligi ham mumkinmi?

Koronavirusda issiq chiqmasligi ham mumkinmi, faqat tomoq og‘rig‘i va ozroq yo‘tal bilan? Bu masalaga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov oydinlik kiritdi:

Koronavirus infeksiyasini "simptomsiz" shaklida, ya’ni  kasallik belgilarisiz o‘tadigan shakllarida tana harorati ko‘tarilmaydi yoki subfebril xarorat bo‘ladi. COVID-19 asosan yoshlarda, immun tizimi yuqori odamlarda kasallik belgilarisiz kechadi, chunki immuniteti normal organizm virusning tarqalishiga qarshilik ko‘rsatadi, lekin kasallikni simptomsiz shakllari atrofdagilar uchun xavfli hisoblanib, kasallikni tarqalishiga sabab bo‘ladi. Shuni nazarda tutgan holda tomoq og‘rig‘i va yo‘tal belgilari paydo bo‘lganida ham tibbiy yordamga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.

Kiritildi: 22:40 13.07.2020. O'qildi: 6424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!