Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Koronavirusdan vafot etganlar haqidagi ma’lumotni qayerdan olsa bo‘ladi?

A A A
Koronavirusdan vafot etganlar haqidagi ma’lumotni qayerdan olsa bo‘ladi?

Xabar berganimizdek, bugun AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova aholi murojaati va savollari yuzasidan javob qaytardi.

- Nima uchun vafot etgan fuqarolar to‘g‘risidagi ro‘yxatlar elektron tizimga qo‘yilmaydi? OAVda vafot etgan fuqaroning faqat bosh harfi va yoshi yoziladi. Bu haqidagi ma’lumotni qayerdan olsak bo‘ladi?

- Ma’lumotlarni koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni davolash bilan shug‘ullanadigan muassasalarga murojaat qilib, ushbu ma’lumotning nima maqsadda so‘ralayotganligini asoslab bersangiz shunga qarab munosabat bildiriladi.

Aslida, kasallikka chalinganlarning shaxsi bilan bog‘liq ma’lumotlarning barchasi tibbiyot siri hisoblanib, ushbu ma’lumotlarni olish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilot vakili bo‘lsangiz, u holda bu kabi muassasalarga yoki Sog‘liqni saqlash vazirligiga rasman murojaat qilishingiz mumkin.

Kiritildi: 22:20 22.08.2020. O'qildi: 2433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!