Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Koronavirusdan olgan saboqlarimiz...

Koronavirusdan olgan saboqlarimiz...

1. Yaqinlarimiz kasallangani va vafot etgani tufayli o‘limdan qo‘rqmaydigan bo‘lib qoldik. Oldingidek koronavirus xabarlarini qo‘rquv bilan qabul qilinmaydigan bo‘lib qoldi. Bu gapimni Koronavirus info telegram kanalining a’zolari kamayib ketayotgani ham tasdiqlab turibdi. 

2. Insoniyat qanchalik taraqqiy etmasin, Alloh yuborgan zarradek balosi oldida ojiz qolayotgani. Odamlarda koronavirusdan vaksina yoki foydali dori-darmon yaratilishi to‘g‘risida umidsizlik paydo bo‘ldi. Bir kun bir davoni maqtalsa, boshqa kuni undan voz kechilyapti. Virusning yangi to‘lqini fojiali kinolarida bo‘lganidek vahima bilan kutib olinyapti.

3. Qizig‘i, virusdan ehtiyot chorasini ko‘rish uncha foyda bermayotgandek. Yaqinlarimizdan o‘zini qattiq karantinda tutganlari xasta bo‘ldi va hatto vafot etdi. Bemalol yurganlarning ba’zilari esa sog‘lom yuribdi. Bunda ruhiy tetiklikning o‘rni katta bo‘lyapti. 

4. Medisinasi kuchli davlatlarning ko‘pchiligida virusni jilovlash qiyin kechyapti. Aksiga olib sohada qoloq mamlakatlarda esa vaziyat qoniqarli. Bu holat virusda inson omilidan ko‘ra ilohiy xohish bo‘rtibroq ko‘rinayotganini bildiradi. Yanada aniqroq aytsam, Allohning irodasi hayot qonuniyati - sabablarni ushlashdan ko‘ra g‘olib ko‘rinyapti. (Aslida Allohning irodasi sabablar pardasi bilan o‘ralgan bo‘lar edi). Bu esa virusning ilohiy jazo ekanini anglatadi.

Mubashshir Ahmad

manba: azon.uz

Kiritildi: 04:00 30.10.2020. O'qildi: 2439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!