Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Koronavirusdan bir kunda 73 kishi vafot etdi

A A A
Koronavirusdan bir kunda 73 kishi vafot etdi

Xitoyda koronavirus qurbonlari va u bilan kasallanganlar soni ortmoqda.

5 fevral yarim tuniga ko‘ra, koronavirusdan bir kunda 73 kishi vafot etib, qurbonlarning umumiy soni 563 nafarga yetdi. Kasallanganlar esa 28018 kishini tashkil qilmoqda, 1153 kishi sog‘ayib ketgan.

Qurbonlarning deyarli hammasi – 549 kishi virus tarqalish o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Bir kun avval koronavirusdan 24,3 ming kishi kasallangani, 490 kishi vafot etgani ma’lum qilingandi.

Kiritildi: 09:40 06.02.2020. O'qildi: 3185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik