Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirusda gumonlanib Toshkentga olib ketilgan kitoblik fransuz agronomning ahvoli qanday?

Koronavirusda gumonlanib Toshkentga olib ketilgan kitoblik fransuz agronomning ahvoli qanday?

Mamlakatimizda koronavirus xavfi kirib kelishini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar amalga oshirilayotgan dastlabki kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanidagi fransuz agronomda koronavirus aniqlangani mazmunida mish-mishlar tarqalgan edi.

Xabarlarga ko‘ra Kitob tumanidagi «Nasaf Agro Impeks» MCHJga qarashli intensiv bog‘da bog‘bon agronom sifatida ish olib borayotgan, 1959 yilda tug‘ilgan Yves Baranco koronavirusda gumonlanib, poytaxtga olib ketilgan edi. Ushbu xabar atrofida ba’zi mish-mishlar ham tarqalib, fransuz bilan muloqotda bo‘lgan MCHJ rahbari va boshqalar xuddiki, kasallik yuqtirib olgan degan taxminlar ilgari surilgan edi.

Kitob tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, 14 kunlik karantin muddati tugab, fransiyalik agronom sog‘lom ekanligi to‘liq tasdiqlangan, deya ma’lum qilmoqda "nnnews.uz". 

Ma’lum qilinishicha, hozirda, asli fransiyaning Tarbes tumanidan bo‘lgan, bog‘dagi hamkasblari uni IF deb ataydigan farang agronom Toshkentda, mehmonxonada istiqomat qilmoqda.
Bundan tashqari, ayni paytda bog‘bon «IF» parvarishlagan bog‘ to‘liq gulga kirgani aytilmoqda.

Kiritildi: 08:00 03.04.2020. O'qildi: 3777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!