Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Koronavirus: Xitoyda raqamlar yashirilyaptimi?

Koronavirus: Xitoyda raqamlar yashirilyaptimi?

Xitoyda oxirgi 24 soat ichida faqat bitta xitoylik koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasiga tayanib, "Interfaks" xabar bermoqda.

Jami 31 ta yuqtirish holati aniqlangan, ulardan 30 tasi chet eldan kelgan odamlardir. Ayni paytda 2,4 ming kishi Xitoy shifoxonalarida qolmoqda, 633 bemorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

29 mart kuni Xitoy hukumati koronavirus epidemiyasi tugaganligini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatda infeksiyaning tarqalishi to‘xtatilgan.

22 mart kuni, Xitoyda bir necha o‘n minglab koronavirus yuqtirilganligi, simptomlar yo‘qligi sababli rasmiy statistikaga kiritilmaganligi haqida xabar berildi. Bu haqda mahalliy matbuot hukumatning yopiq ma’lumotlariga tayanib yozdi. Shunday qilib, muxbirlarga ko‘ra, Xitoydagi kasallanganlar 125 mingga yetishi mumkin.

 

Kiritildi: 09:56 30.03.2020. O'qildi: 3544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!