Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Koronavirus: O‘zbekistonning asosiy muammosi nima?

Koronavirus: O‘zbekistonning asosiy muammosi nima?

Ayni damda O‘zbekiston koronavirus pandemiyasiga qarshi maksimal darajada kurash olib boryapti. Ammo...

Hammamizga ma’lum, Italiya, Angliya, Ispaniya — karantinning vaqtida yo‘lga qo‘yilmagani va aholining ehtiyotkorlikni oshirmagani oqibatida ushbu davlatlarda koronavirus juda keng tarqalib ketdi. O‘limlar soni ham talaygina. Qolaversa, Xitoy aynan qat’iy karantin, aholining o‘zini o‘zi himoya qilishi natijasida virusni yengganini aytib, bong urmoqda. Ha, koronavirusni yengish yo‘lida O‘zbekistonning asosiy muammosi – karantin.

Afsuski, hatto bugun ham, jarimalar kuchayib, jazolar kuchayib borayotganda ham, davlatimiz rahbari qayta-qayta ta’kidlayotgan paytda ham karantinga rioya qilmayotganlar topiladi. Toshkent ko‘chalarini huvillab qolgan deymiz, ehtimol. Ammo Toshkent  faqat markaziy ko‘chalardan emas. Chetroq hududlarga boring, mahallalarga kiring, hamon odamlar virus ularga yuqmaydigandek beparvo. Hatto niqob taqishni yoqtirmaganman azaldan, deydiganlar ham uchrayapti. Baraka topkur, karantin sening didingga, ta’bingga qarab belgilanmaydi, bu umumdavlat, umummilliy majburiyat, deging keladi.

Qayta-qayta ta’kidlaymiz, agar siz o‘zingizni ehtiyot qilmasangiz. karantinni pisand etmasangiz, virus tarqalishda davom etaveradi, bu esa qanday oqibatlarga olib kelgani o‘zingizga ayon. Befarq bo‘lmang, niqobsiz ketayotgan kimnidir ko‘rsangiz, tanishmi, notanishmi, niqob taqish joizligini eslating. Zero bu bilan o‘zingiz ham himoyalagan bo‘lasiz.

Kiritildi: 23:07 03.04.2020. O'qildi: 5493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!