Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Koronavirus: O‘zbekiston OTBdan qancha pul so‘radi?

Koronavirus: O‘zbekiston OTBdan qancha pul so‘radi?

O‘zbekiston hukumati Osiyo taraqqiyot banki (OTB)dan yangi COVID-19 koronavirusi pandemiyasi tufayli davlat byudjeti uchun 1 milliard dollargacha mablag‘ so‘radi. Bu haqda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

1 aprel kuni bosh vazir o‘rinbosari - Investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov videokonferensiya formatida OTB prezidenti Masasugu Asakava bilan mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlariga ta’sirini yumshatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni muhokama qildi.

“OTBning O‘zbekistonga 1 milliard AQSh dollarigacha byudjet mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish masalasi alohida muhokama qilindi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, Asakava ushbu masala jarayonlarini tezlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilishini ma’lum qilgan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, OTB O‘zbekistonning virus tarqalishi bilan bog‘liq tibbiy ehtiyojlari uchun 200 ming dollarga teng miqdorida grant ajratilishini ma’qullagan.

“Shuningdek Bank tomonidan, Respublika sog‘liqni saqlash tizimini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Koronavirus tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozga qarshi jamg‘arma tuzgan va unda 10 trillion so‘m shakllantirilgan. Koronavirus ta’siri eng yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlariga soliq ta’tillari va kredit qarzlari bo‘yicha imtiyozlar berish, byudjet ssudalari ajratish yuzasidan vazifalar belgilangan.

Kiritildi: 15:59 01.04.2020. O'qildi: 3262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!