Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Koronavirus Uxanda ikki yoshning baxtiga sababchi bo‘ldi

A A A
Koronavirus Uxanda ikki yoshning baxtiga sababchi bo‘ldi

Xitoyning Xubey viloyati, Uxan shahridagi shifoxonaning reanimasiya bo‘limida ishlagan shifokor yigit o‘zi bilan birga ikki oy ishlagan hamshiraning qo‘lini so‘radi. Bu haqda "Daily Mail" xabar berdi.

22 yoshli Xu Chjimin bir dasta gul bilan tiz cho‘kib, o‘z hamkasbi Szen Ininga turmush qurishni taklif qildi. Bu voqea 15 aprel koronavirusga chalingan bemorlar uchun maxsus qurilgan Leyshenshan kasalxonasining yopilish kunida sodir bo‘ldi.

"Sizni yaxshi ko‘raman. Menga turmushga chiqasizmi?" — dedi Chjimin sevgilisiga kasalxonaning boshqa xodimlari oldida. Avvaliga Inin hayron qoldi, keyin rozi bo‘ldi.

Chjiminning aytishicha, u koronavirus bilan kasallangan bemorlarni qutqarish uchun tunu kun ishlayotgan hamkasbiga ko‘ngil qo‘ygan. Ikki oy davomida ular bemorlarning hayoti uchun yelkama-elka kurashishdi va epidemiya paytida barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishdi.

Kiritildi: 15:10 20.04.2020. O'qildi: 3023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik