Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirus sabab Qirg‘iziston ham cheklov e’lon qildi

Koronavirus sabab Qirg‘iziston ham cheklov e’lon qildi

Qirg‘iziston Xitoydan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini olib kirilishini vaqtincha chekladi. Bu haqda Davlat veterinariya va fitosanitar xavfsizlik inspeksiyasi ma’lum qildi, deya yozmoqda O‘zA.

Ta’kidlanishicha, 2019 yilning dekabrida Qirg‘izistonga Xenan viloyatidan 48 tonna o‘rdak go‘shti olib kelingan, go‘shtlarning xavfsizligi veterinariya diagnostikasi va ekspertiza markazida tekshirilgan.

Muassasaning ta’kidlashicha, Xenan viloyatida yangi virus qayd qilingan Xubey viloyatidan 500 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Barcha holatlarga oydinlik kiritilgunga qadar Xitoydan go‘sht mahsulotlarining olib kirilishga cheklov qo‘yilishi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda yangi virus tarqalmoqda, so‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra, buning oqibatida 25 kishi vafot etdi va 830 dan ortiq kishi kasallikka chalindi. Virus boshqa mamlakatlarga ham yoyilmoqda, ayni damda virus Singapur va Vyetnamda ham qayd qilingani ma’lum.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning tarqalishni Xitoyda favqulodda vaziyat deya e’lon qildi, ammo hanuzgacha global epidemiya deya e’lon qilmagan.

Kiritildi: 20:00 24.01.2020. O'qildi: 3310 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!