Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Koronavirus! Qashqadaryodagi bemorlarning ahvoli qanday?

A A A
Koronavirus! Qashqadaryodagi bemorlarning ahvoli qanday?

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, ayni paytda Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasi aniqlangan 6 nafar bemor davolanmoqda. Bemorlarning umumiy ahvoli hamon o‘rta og‘ir darajada.

Viloyat bo‘yicha jami 338 nafar fuqaro stasionar, 4918 nafar fuqaro uy sharoitida karantinda saqlanmoqda (8 aprel soat 18:00 holatida).

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi kecha, 8 aprel soat 15:30 holatida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yashash manzili bo‘yicha Qashqadaryo viloyatidan jami 18 nafar shaxsda koronavirus infeksiyasi qayd etilganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 15:05 09.04.2020. O'qildi: 4787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik