Oq Uy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi yangi koronavirusni yuqtirganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Donald Trampning maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbari o‘zini juda yaxshi his qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, AQSh prezidenti o‘tgan hafta Putin bilan gaplashgan. O‘shanda Rossiya rahbari "yaxshi kayfiyatda bo‘lgan va o‘zini yaxshi his qilgan".
"Bu qattiq virus, hatto Oq Uy vakillari ham kasal bo‘lishgan", deydi u.