Sobiq argentinalik futbolchi Diyego Maradona Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bo‘lgan ishonchi haqida gapirdi.
Sportchining ta’kidlashicha, u koronavirusga qarshi vaksina yaqinda paydo bo‘lishiga umid qilmoqda. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, butun dunyo rus dorilaridan foydalanadi. Maradonaning ta’kidlashicha, pandemiya tufayli Lotin Amerikasida ko‘p odamlar ishsiz qolishgan va hozirda moliyaviy muammolarga duch kelishmoqda.
Bugungi kunda Rossiyada COVID-19ga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi. Birinchi ro‘yxatdan o‘tgan dori Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan Sputnik V edi. 14 oktyabr kuni yana bir vaksina ro‘yxatdan o‘tganligini e’lon qildi.