Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirus: Putin va Trapm qo‘ng‘iroqlashdi

Koronavirus: Putin va Trapm qo‘ng‘iroqlashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda 30 mart, dushanba kuni Kremlda xabar qilindi.

Ikki davlat rahbarlari dunyoda koronavirus infeksiyasining tarqalishidan umumiy tashvish bildirdilar. Putin va Tramp bir-birlariga Rossiya va AQSh COVID-19 ga qarshi kurashishda qanday choralar ko‘rayotganini aytib berishdi. Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentlari ushbu kasallikka qarshi kurashda mamlakatlar o‘rtasida yanada yaqinroq hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

"Davlat rahbarlari dunyoda koronavirus tarqalishidan jiddiy xavotirda ekanliklarini bildirishdi va bu tahdidga qarshi kurashish uchun Rossiya va AQShda ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida bir-birlarini xabardor qildilar. Tomonlar ushbu yo‘nalishda ikki mamlakat o‘rtasida yanada yaqinroq hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi ", dedi 30 mart, dushanba kuni Kreml matbuot xizmati.

Bundan tashqari, Putin va Tramp Rossiya va AQShning energetika vazirliklari darajasida neft bozorining holati bo‘yicha maslahatlashuvlar to‘g‘risida kelishib oldilar.

Kiritildi: 22:23 30.03.2020. O'qildi: 3855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!