Tadbir tashkilotchilarining veb-saytda e’lon qilgan xabariga ko‘ra, Nyu-Yorkda 2020 yilning 1 noyabr kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan marafon koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilingan.
"Garchi marafon shahrimiz uchun an’anaviy va sevimli voqea bo‘lsa-da, men tashkilotchilarni tomoshabinlar va ishtirokchilarning salomatligi, xavfsizligini birinchi o‘ringa qo‘yganlari uchun olqishlayman. Biz elliginchi marafonni 2021 yilning noyabr oyida kutib olamiz", deydi Nyu-York meri Bill De Blazio.