Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Koronavirus mash’um Chernobil fojiasiga o‘xshaydimi?

Koronavirus mash’um Chernobil fojiasiga o‘xshaydimi?

Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andriy Shevchenko koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan Italiya aholisini qo‘llab-quvvatladi.

"Menda hammasi yaxshi. Men London yaqinida yashayman va deyarli 10 kun uyda o‘tirdim. Shifokorlarga o‘z vazifalarini bajarishga imkon berish uchun qoidalarga rioya qilish kerak, bu juda muhimdir. Ular bugunning haqiqiy qahramonlari. Ularga hamma narsa uchun minnatdor bo‘lish kerak.

Ha, bu Chernobil fojiasiga o‘xshaydi. O‘shanda ham shunga o‘xshash bir lahzani boshdan kechirgandim. O‘shanda to‘qqiz yoshda edim.

Endi barchamiz ahmoqona ish qilmasligimiz kerak, chunki hech kim koronavirus endi menga yuqmaydi, deya olmaydi. Biz tashqariga chiqmasligimiz kerak, nafaqat o‘zimiz haqimizda, balki koronavirus jiddiy muammo bo‘lib qoladiganlar haqida ham o‘ylashimiz lozim.

Barcha italiyaliklarga sog‘liq tilayman, men har doim siz bilanman. Birgalikda biz buni yengamiz", – dedi Shevchenko.

Kiritildi: 01:11 29.03.2020. O'qildi: 2109 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!