Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Koronavirus dengiz suvi orqali yuqadimi?

Koronavirus dengiz suvi orqali yuqadimi?

1 iyuldan boshlab Qrimdagi mehmonxonalar va pansionatlar Rossiyaning boshqa hududlaridan keladigan mehmonlarni qabul qilishni boshlaydi. Shu bois qrimlik shifokor Anton Elster «Parlament gazetasi»ga bergan intervyusida odamlar xavfsizlik choralariga, ayniqsa, ijtimoiy masofaga rioya qilishlari va jamoat joylarida niqob taqishlari kerakligini ma’lum qildi.

Elsterning ta’kidlashicha, koronavirusni dengiz suvi orqali ham yuqtirish mumkin – qachonki, koronavirusga chalingan inson sizdan oldin dengizga tushgan, yo‘talgan, tupurgan yoki aksa urgan bo‘lsa.

"Shuning uchun, dengiz suvi bilan og‘zingizni chayqamang, uni yutmang va icha ko‘rmang", deydi shifokor dengizdan chiqib, toza ichimlik suvi bilan og‘iz chayqashni maslahat berarkan.

 

 

 

Kiritildi: 20:01 27.06.2020. O'qildi: 1796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!