Insonning yangi turdagi koronavirus bilan kasallanishining birinchi tasdiqlangan holati Xitoyning Tibet avtonom viloyatida qayd etildi. Bu haqda Grigoriy Berezkinga tegishli bo‘lgan RBK Xitoy sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasining bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, virus mamlakatning barcha hududlariga, shu jumladan provinsiyalar, avtonom va maxsus ma’muriy viloyat va markaziy tasarrufdagi shaharlarga tarqaldi.
30 yanvar kuni ertalabga qadar Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 170 kishiga yetdi, yuqtirganlar soni 7,7 mingdan oshdi. 170 bemor ushbu kasallikni to‘liq yengishga muvaffaq bo‘lishdi, ular allaqachon uylariga yuborilgan.