Koronavirus pandemiyasi tufayli AQSh iqtisodiyoti tarixdagi eng yirik zarbaga duch keladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Kevin Xassett xabar berdi.
"Bu juda qiyin vaziyat", dedi Trampning maslahatchisi.
U aprel oyida ishsizlik darajasi 1930-yillardagi Buyuk depressiya darajasiga yaqinlashishi mumkinligini (pandemiyadan oldin 3,5% ga nisbatan 16%), ikkinchi chorakda AQSh yalpi ichki mahsuloti (YAIM) keskin pasayishini tan oldi.
Shu munosabat bilan, Xassett Qo‘shma Shtatlar hukumati "odamlar yana optimistik kayfiyatda bo‘lishi uchun" iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishi kerakligiga ishonch bildirdi.