Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Kopa Amerika»da birinchi tur yakunlandi

A A A
«Kopa Amerika»da birinchi tur yakunlandi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida futbol bo‘yicha «Kopa Amerika» musobaqasining guruh bahslarida birinchi tur uchrashuvlari yakunlandi.

Musobaqaning «A» guruhida Argentina 2:0 hisobida Kanadadan ustun keldi va jadvalning birinchi pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, Peru va Chili bahsida hisob ochilmadi. Jamoalar 2-3-pog‘onalardan o‘rin oldi.

Bugun, mazkur guruhdan o‘rin olgan Chili – Argentina, Peru – Kanada terma jamoalari bahsi orqali ikkinchi tur boshlanadi.

«B» guruhida Venesuela ilk turda Ekvadorni 2:1, Meksika esa Yamaykani 1:0 hisobida yengdi. Ushbu natija orqali g‘olib jamoalar 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda peshqadamga aylandi. Endi 26 iyun kuni ikkinchi bosqichda Ekvador – Yamayka, Venesuela – Meksika o‘rtasidagi bahslarga guvoh bo‘lamiz.

Musobaqa mezboni bo‘lgan AQSh ilk turda Boliviyani 2:0 hisobida taslim etdi. Urugvay esa Panamani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa Urugvay va AQSh uch ochko jamg‘argan holda «S» guruhda 1-2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Panama hamda Boliviya ochkosi quyi o‘rinlarda qoldi.

Joriy yilning 27 iyun kuni Panama – AQSH, Urugvay – Boliviya terma jamoalari o‘rtasida ikkinchi tur uchrashuvlari tashkil etiladi.

«Kopa Amerika»ning «D« guruhidan o‘rin olgan Kolumbiya – Paragvay bellashuvida 2:1 hisobi qayd etildi.

Guruhda favorit deya e’tirof etilgan Braziliya terma jamoasi Kosta-Rika bilan hujumkor o‘yin uslubida harakat qilgan bo‘lsada yenga olmadi va o‘yinda hisob ochilmadi. Qayd etish lozim, Braziliya bellashuvning 30-daqiqasida gol urgandi. Biroq Markinyosning goli VARning uzoq muhokamasidan so‘ng bekor qilindi. Ushbu vaziyatda ofsayd yoki ofsayd emasligi borasida bahslar hamon davom etmoqda.

Shu tariqa, Kolumbiya guruhda yaqqol karvonboshiga aylandi. Braziliya va Kosta-Rika ikkinchi hamda uchinchi o‘rinlarni zabt etdi. Paragvay esa so‘nggi o‘ringa tushib ketdi.

Guruhda ikkinchi tur o‘yinlar 28 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Paragvay – Braziliya, Kosta-Rika – Kolumbiya terma jamoalari kuch sinashadi.

Kiritildi: 10:44 25.06.2024. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!