Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kopa Amerika. Argentina keyingi bosqich masalasini hal qildi

Kopa Amerika. Argentina keyingi bosqich masalasini hal qildi

Amerika Kubogi-2024 2-turidan o‘rin olgan Chili va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Argentinaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Ushbu g‘alaba Argentina terma jamoasiga guruh bosqichining ikki turidan so‘ng guruhdan chiqish huquqini qo‘lga kiritdi. Amaldagi Jahon chempionlari “A” guruhida olti ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, uch ochko bilan Kanada ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peru va Chili terma jamoalarida bittadan ochko bor.

Shunday qilib, Argentina terma jamoasi Peru termasi bilan 3-tur uchrashuvida yirik mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham endi ikkinchi o‘rindan pastga tushmaydi.

Kiritildi: 09:59 26.06.2024. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!