Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Konor Makgregor “Seltik” futbol klubini sotib olmoqchi

Konor Makgregor “Seltik” futbol klubini sotib olmoqchi

UFC sobiq chempioni irlandiyalik Konor Makgregor Shotlandiyaning “Seltik” futbol klubini sotib olishi mumkin.

Konor Makgregor futbol klubini sotib olish bo‘yicha muzokara olib borayotganini e’lon qildi.

Ayni paytda “Seltik”ning nazorat paketi milliarder Dermot Desmondga tegishli.

“To‘g‘risini aytsam, gap hozir “Seltik” haqida ketmoqda. Dermont Desmonddan aksiyalarni sotib olish haqida. Men haqiqatan ham, qandaydir sport jamoasini sotib olishga qiziqaman. “Seltik” va “Manchester Yunayted” menga yoqadigan klublar. Men boshqa takliflar uchun ham ochiqman. Qandaydir klubga foyda keltira oladigan holatdaman, deb o‘ylayman”, – dedi Konor.

Avvalroq, chempion “Manchester Yunayted”ni sotib olish istagida ekanligini aytgandi.

Kiritildi: 19:35 12.05.2021. O'qildi: 3019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!