Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Konor Makgregor kamida bir yil jang qilmaydi

Konor Makgregor kamida bir yil jang qilmaydi

UFC'ning sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor olgan jarohati sabab kamida bir yil jang qilmaydi. Bu haqda promoushen bosh direktori Dana Uayt ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 12-iyul kuni Las-Vegasda o‘tkazilgan UFC 329 turnirida Makgregor amerikalik Maks Xollouyeyga qarshi jangda birinchi daqiqadayoq texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘ldi. Keyinchalik irlandiyalik jangchi son suyagining boshcha qismi jarohatlanganini va operasiyani boshdan kechirishini ma’lum qildi.

“Biz Makgregor bilan gaplashdik. U bir yilga safdan chiqdi”, deya Dana Uaytning so‘zlarini keltirmoqda MMA Fighting.

Makgregor Xollouyey bilan jangga qadar 2021-yilning iyulidan beri oktagonga ko‘tarilmagan edi. O‘shanda u amerikalik Dastin Porega qarshi kechgan uchrashuvda oyog‘ini sindirib olib, mag‘lub bo‘lgandi. Hozirga qadar 38 yoshli sobiq chempion MMA'da 29 ta jang o‘tkazib, 22 ta g‘alaba qozongan, shuningdek, 7 ta jangda imkoniyatni boy bergan.

Kiritildi: 23:49 27.07.2026. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!