Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Kongress a’zolari Baydenga talab qo‘ydi

A A A
Kongress a’zolari Baydenga talab qo‘ydi

Kongress a’zolari AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatidan Ukrainaga harbiy yordam uchun ajratilgan mablag‘larning sarflanishi haqida batafsil ma’lumot berishni talab qildi, deb yozadi Politico.

“AQSh hukumati Ukraina xalqiga yordam berish uchun milliardlab gumanitar, iqtisodiy va harbiy yordam yubormoqda... Amerika xalqi esa Kongressdan kuchli nazorat va Mudofaa vazirligidan to‘liq javobgarlikni kutmoqda”, — deya senator Elizabet Uorren so‘zlaridan iqtibos keltirilgan nashr.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga 40 milliard dollarlik yordam paketi tasdiqlanishidan oldin ham Pentagon Kongressning xarajatlarni nazorat qilish talablarini bajarishga qiynalayotgan edi.

Qonunchilar Kiyevga kelajakdagi potensial yordam paketi Kongressdagi ko‘p qo‘llab-quvvatlovni yo‘qotishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Kiritildi: 08:29 03.06.2022. O'qildi: 5757 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik